«Superkubok qo'lga kiritildi, navbat boshqalariga»: Laporta jamoaning istiqbollarini yuqori baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3719

«Barselona» prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklarning joriy mavsumda yirik sovrinlarni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.
«Men juda optimistik ruhdaman va hozirda hamma narsa to'g'ri qilinyapti deb hisoblayman. Bizda allaqachon bitta sovrin — Superkubok bor, chempionatda birinchi o'rinda ketyapmiz, Kubokda yarim finalga yo'l oldik va Chempionlar Ligasida Evropaning eng kuchli sakkizta jamoasi qatoriga kirdik.
Shuningdek, biz egasi bo'lmagan, ammo 140 000 nafar a'zo-mulkdorlariga ega yagona klubmiz. O'tgan mavsumning o'zida 10 000 kishi klub a'zoligiga qabul qilindi, bu esa klubning tirik ekanini isbotlaydi. Bugungi kunda biz yirik titullarni qo'lga kiritish uchun real da'vogarmiz», — dedi Laporta.

Bosh sahifaga
277