Shomurodov hamda Fayzullaevning “Eyupspor”ga qarshi o'yini qanday baholandi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1043

“Bashakshehir” safida to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilar — Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullaev Turkiya Superligasining 21-turi doirasida “Eyupsport”ga qarshi bahsda maydonga tushdi (2:1). Shomurodov uchrashuvni to'liq o'tkazgan bo'lsa, Fayzullaev 65-daqiqada zaxiraga olindi.
Sofascore portali “Bashakshehir”ning birinchi goliga assistentlik qilgan Abbosbek Fayzullaevning harakatlarini 7,7 ball bilan baholadi. Jamoasining g'alaba goliga mualliflik qilgan Eldor Shomurodovning o'yini esa 8,0 ballga loyiq ko'rildi.
Shomurodov o'yin davomida 47 marta to'pga tegindi. U jami 36 ta uzatma amalga oshirgan bo'lib, shulardan 31 tasi aniq manzilga etib bordi (86 foiz). Shuningdek, Eldor “Eyupspor” darvozasiga 6 marta aniq zarba yo'llagan bo'lsa, 3 tasi aniq manzilga etib bordi. Uning kutilgan gollar (xG) ko'rsatkichi 0,88 ni tashkil etdi.
Abbosbek Fayzullaev uchrashuv davomida 49 marta to'p bilan muomala qildi. U maydonda bo'lgan 65 daqiqa ichida 22 ta uzatma amalga oshirib, ularning 16 tasi aniq manzilga etib bordi (73 foiz). Fayzullaev bir bor darvozaga zarba yo'lladi. Shuningdek, u 13 marta to'p uchun kurashga kirishib, 10 holatda g'alaba qozondi. Havodagi bahslarda esa 4 marta ishtirok etib, 2 tasida raqiblaridan ustun keldi.
“Eyupspor” darvozaboni Jankat Yilmaz o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o'yin davomida ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, 9 ta seyv amalga oshirib, hisobni yiriklashib ketishini oldini oldi. Sofascore portali 21 yoshli kiperning harakatlarini 9,9 ball bilan baholadi. “Bashakshehir”ning birinchi goli muallifi Davie Selke esa Shomurodov bilan bir xil ballga loyiq ko'rildi — 8,0.

Ma'lumot uchun, ayni paytda “Bashakshehir” Turkiya chempionatining 21-turidan so'ng 33 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. Mag'lub bo'lgan “Eyupspor” esa 18 ochko bilan autsayderlar safida qolmoqda.

Bosh sahifaga
269