La Liga. «Betis» Madridda «Atletiko»ni taslim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Ispaniya La Ligasining 23-turidan o'rin olgan «Atletiko Madrid» va «Betis» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda mehmonlar 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi.
O'yindagi yagona gol 28-daqiqada «Betis» vingeri Antoni tomonidan kiritildi.
Ispaniya chempionatining 23 ta o'yinidan so'ng «Atletiko» 45 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. «Betis» esa 38 ochko bilan beshinchi pog'onada joylashgan.
Keyingi turda Madridning «Atletiko» jamoasi 15 fevral kuni safarda «Rayo Valekano»ga qarshi bahs olib boradi, «Betis» esa shu kuni yana safarda «Malorka» bilan kuch sinashadi.
Ispaniya chempionati. La liga. 23-tur.
08 fevral, 22:30. «Tsivitas Metropolitano» (Madrid)
«Atletiko» — «Betis» — 0:1
Gol: Antoni, 28 (0:1).
«Atletiko»: Oblak, Ximenes, Gantsko, Rudjeri (Le Norman, 46), M. Lorente, Mendosa (Grizmann, 55), Koke, Almada (Baena, 46), Simeone, Alvares (Serlot, 46), Lukman (Vargas, 70).
«Betis»: Vales, D. Lorente, Natan, Rodriges, Ruibal, Roka, Pablo Fornals (Altimira, 70), Fidalgo (Bartra, 87), Ezzalzuli, Antoni (Rikelme, 87), Bakambyu (Deossa, 79).
Ogohlantirishlar: Rudjeri (25), Lukman (56), Baena (83) — Ezzalzuli (71).
Bosh hakam: Ferrer (Ispaniya).

Bosh sahifaga
267