"Barselona"da Messidan keyin klubni qutqarib qolgan uch kishi nomi aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1072

«Barselona» rahbariyati Lionel Messi bilan xayrlashgandan keyingi «qora davr»dan klubni uch kishi qutqarib qoldi deb hisoblaydi. Bu ro'yxatga vinger Lamin Yamal, bosh murabbiy Xans-Diter Flik va sport direktori Deku kiritilgan. Bu haqda «The Touchline» nashri xabar bermoqda.
«Ko'k-anorranglilar» lageridagilarning fikricha, hozirda klubda ilgari Lionel Messi, Xosep Gvardiola va Chiki Begiristayn davridagiga o'xshash model qayta yaratilgan. Endilikda ushbu uchta muhim o'rinni Yamal, Flik va Deku egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215