Ronalduning Saudiyadagi davri tugamoqda: Liga uni qo'yib yuborishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. Bu haqda «The i Paper» nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Saudiya ligasi rahbariyati 41 yoshli Ronalduga joriy mavsum yakunlanganidan keyin «An-Nasr»ni tark etishiga ruxsat berishga tayyor. Ta'kidlanishicha, portugaliyalik yulduzning o'rniga Saudiya Arabistoniga «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh va «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni olib kelish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronaldu transfer kampaniyasidan noroziligi sababli «An-Nasr» safida maydonga tushishdan bosh tortgan edi. Portugaliyalik forvard o'z jamoasining oxirgi ikkita o'yinini o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222