Arbeloa: "Rodrigo xato qilganini tushundi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Rodrigo haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Ma'lumki, braziliyalik futbolchi jarohat olgan, EChLda esa «Benfika»ga qarshi o'yinda keraksiz qizil kartochka olgani uchun ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
«Rodrigo allaqachon uzr so'radi. U xatoga yo'l qo'yganini tushunib turibdi. Hozir biz uchun eng muhimi — uni imkon qadar tezroq eng yaxshi sport formasida safga qaytarish, toki u o'zi bilganidek jamoaga yordam bersin», — dedi Arbeloa jurnalistlarga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217