Ruud Gullit "Chelsi"ning asosiy muammosini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 938

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Ruud Gullit London klubining asosiy muammosini ta'kidlab o'tdi. Uning aytishicha, "ko'klar"ning futbolchilari haddan tashqari asabiylashmoqda.
"Chelsi" futbolchilari haddan tashqari asabiylashmoqda, menimcha. Jamoada ularga ozgina xotirjamlik beradigan yoki to'pni yo'qotmasdan ushlab turadigan birorta o'yinchi yoki etakchi yo'q - bu ularga biroz etishmaydi. Ular maydonda o'ynayotganda juda asabiylashadi", - deya Gullitning so'zlarini keltiradi TEAMtalk.
Ayni vaqtda "Chelsi" APL turnir jadvalida 25 turda 43 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294