"Liverpul" Konatega o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 724

Himoyachi Ibraima Konate yozda "Liverpul"ni tark etishi mumkin.
Sports Boom xabariga ko'ra, "qizillar" frantsiyalik futbolchiga o'rinbosar sifatida "Nyukasl" himoyachisi Sven Botmanni ko'rmoqda. Ko'p sonli jarohatlariga qaramay, "Liverpul" rahbariyati niderlandiyalik futbolchining o'yin sifatlarini yuqori baholamoqda. Agar klub joriy mavsum yakunlariga ko'ra Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, futbolchi klubni tark etishi mumkin.
Sven Botman 2022 yilda "Lill"dan 37 million evro evaziga "Nyukasl"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316