Ta: "Gap tinimsiz baqirish yoki kimgadir tanbeh berish haqida emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 689

"Bavariya" himoyachisi Jonatan Ta etakchining funktsiyalari haqida gapirdi.
"Men doimo aytamanki, etakchilik - bu shaxsiy namuna ko'rsatishdir. Demak, maydondagi vazifalarimni sifatli bajarishim kerak. Hammasi himoya markazidagi sheriklarimga yordam berishdan boshlanadi - ularga maslahat beraman. Keyin bu qanot himoyachilariga va oxir-oqibat butun jamoaga tarqaladi. Gap tinimsiz baqir-chaqir qilish yoki kimgadir tanbeh berish haqida emas. Asosiysi - konstruktiv bo'lish", - deya Ta so'zlarini keltiradi Germaniyaning Sky telekanali.
Umuman olganda, Jonatan Ta "Bavariya" safida jami 34 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta gol va sheriklariga uchta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296