Goretskaga to'rtta top-klub qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7015

Yarimhimoyachi Leon Goretska yozda "Bavariya" bilan shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan erkin agent maqomiga ega bo'ladi. Bu haqda yaqinda ma'lum qilindi.
Transfer News Live nashrining Mirror’ga tayanib xabar berishicha, Goretskaga Evropaning to'rtta top-klubi qiziqish bildirmoqda. Germaniyalik futbolchi "Arsenal", "Atletiko", "Napoli" va "Yuventus" radarlarida turibdi.
Qayd etilishicha, 31 yoshli Goretskaning o'zi ham Angliyada o'ynashni istamoqda, shu bois "Arsenal" nemis uchun kurashda favoritga aylanishi mumkin.
Aytish kerakki, Leon Goretska faoliyati davomida hali vatani Germaniyadan tashqaridagi klublar sharafini himoya qilmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317