"Yuventus" Kostich bilan shartnomani uzaytirish sharti aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Yarim himoyachi Filip Kostich "Yuventus"da o'ynashda davom etishi mumkin.
Calciomercato xabariga ko'ra, Turin klubi serbiyalik futbolchi zaxira futbolchisi bo'lishga rozi bo'lsa, unga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin. Shuningdek, xavbek yangi bitim tuzish uchun maoshini kamaytirishiga to'g'ri keladi.
Filip Kostich 2022 yilda 14 million evro evaziga "Ayntraxt"dan "Yuventus"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi Turin klubi safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 33 yoshli Kostichning narxini 3,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296