Endrik va Grinvud Liga 1da sovrin uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5508

Frantsiya Liga 1 rahbariyati yanvar oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi sovriniga da'vogar bo'lgan uch nafar o'yinchi ismini e'lon qildi. Nominatsiyaga «Lion»ning ikki vakili — Endrik va Pavel Shults loyiq ko'rildi. Ularga «Marsel» a'zosi Meyson Grinvud raqobatchilik qiladi.
Qishki transfer oynasi vaqtida Endrik «Real Madrid»dan «Lion»ga ijara asosida o'tgan edi. «To'quvchilar» safidagi dastlabki oltita o'yinda braziliyalik iqtidor beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shanba kuni «Nant»ga qarshi kechgan bahsda Endrik qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312