«Chelsi» «Portu»ning «gol mashinasi»ni sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 514

Angliyaning «Chelsi» klubi «Portu»ning 21 yoshli ispaniyalik hujumchisi Samu Agexova bilan shartnoma imzolash niyatida. Bu haqda «TEAMtalk» nashri xabar bermoqda.
Manbalarning qayd etishicha, londonliklar Agexovaning faoliyatini 2024 yildan beri, u hali Ispaniya chempionatida «Alaves» sharafini himoya qilayotgan vaqtdan kuzatib kelishmoqda. «Portu»dagi muvaffaqiyatli natijalar «Chelsi» rahbariyatida ushbu futbolchi jamoa uchun zarur ekani haqidagi fikrni yanada mustahkamladi.
Joriy mavsumda Agexova klub safida 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Hujumchi hisobida 20 ta gol va 1 ta golli uzatma mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312