Militao APLga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 622

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Real Madrid»ning 28 yoshli markaziy himoyachisi Eder Militao bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda «Fichajes» nashri xabar bermoqda.
Manbalarning ta'kidlashicha, ispanlar janubiy amerikalik futbolchining ketishiga yo'l qo'yib berishlari mumkin va inglizlarning taklifini o'rganib chiqishmoqda. Insayderlarning so'zlariga ko'ra, «MYu» futbolchi uchun 40 million evro to'lashga tayyor.
Militao 2019 yildan beri «Real Madrid» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda himoyachi La Ligada 13 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312