"Inter" "Sassuolo" himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 642

«Inter» klubi «Sassuolo» himoyachisi Tarik Muxaremovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
«La Gazzetta dello Sport» nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Milan klubi so'nggi oylar davomida bosniyalik futbolchining o'yinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Inter» futbolchining transferini yozda rasmiylashtirish niyatida. Muxaremovichning transferi uchun «neradzurri» 25 milliondan 30 million evrogacha mablag' to'lashiga to'g'ri keladi.
Tarik Muxaremovich 2025 yilda «Yuventus»dan «Sassuolo»ga 3 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2031 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali 22 yoshli Muxaremovichning qiymatini 14 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
312