Trent qaytdi: «Real»ning La Liga 23-turi uchun qaydnomasi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 615

«Real» Madrid klubi yakshanba kuni Ispaniya La Ligasi doirasida «Valensiya»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi. Bosh murabbiy Alvaro Arbeloa quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalanishni rejalashtirmoqda:
Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Mestre. Himoyachilar: Karvaxal, Alaba, Trent Aleksander-Arnold, Asensio, Karreras, Fran Garsiya, Ryudiger, Xyoysen, Ximenes. Yarim himoyachilar: Kamavinga, Valverde, Tchuameni, Arda Gyuler, Sebalos, Sestero. Hujumchilar: Mbappe, Gonsalo Garsiya, Braim Dias, Franko Mastantuono.
Jud Bellingem va Rodrigo jarohatlanganlar ro'yxatida, Vinisius Junior esa sariq kartochkalari ko'payib ketgani sababli diskvalifikatsiya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.
«Valensiya» va «Real» o'rtasidagi bahs bugun, Toshkent vaqti bilan tungi 01:00 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
268