Jeyms Trafford yozda «Manchester Siti»dan ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1183

«Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford joriy mavsum yakunidan so'ng klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda «TEAMtalk» nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli posbonning xizmatlariga «Lids» qiziqish bildirmoqda. Biroq, transfer bozorida biror-bir qadam tashlashdan avval «to'lkilar» Premer-ligadagi o'rinlarini saqlab qolishlari kerak. Qayd etilishicha, kelgusi mavsum uchun APLda qolish «Lids»ga o'z tarkibini yanada kuchaytirish imkonini beradi.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushgan. Ushbu o'yinlarda u 4 ta «quruq» o'yin o'tkazgan va 8 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264