Xvicha Kvaratsxeliya «Marsel»ga qarshi o'yinga tayyor: Gruziyalik yulduz qaydtnomaga kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400

«PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya «Marsel»ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin.
Gruziyalik futbolchi 28 yanvar kuni Chempionlar Ligasi doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi bahsda (1:1) o'ng oyog'idan jarohat olgan edi. Uning 2–3 haftaga safdan chiqqani xabar qilingandi.
Jurnalist Fabris Xokinsning ma'lumotlariga ko'ra, jarohatdan so'ng mashg'ulotlarga qaytgan 24 yoshli yarim himoyachi parijliklarning bugungi o'yin uchun qaydtnomasiga kiritildi. Shuningdek, jamoa tarkibidan yangi o'yinchi Dro Fernandes ham joy oldi.
«PSJ» bugun Liga 1ning 21-turi doirasida «Marsel»ni qabul qiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi 00:45 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270