"Real" Ramondan mamnun
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Madridning «Real» klubi «Komo» markaziy himoyachisi Xakobo Ramonning o'yinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda «Diario AS» nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qaymoqranglilar» 21 yoshli iqtidorning o'sishidan mamnun va uni qaytarish variantini ko'rib chiqishmoqda. Biroq, bu «Real» Ramonni shu yozdayoq sotib oladi degani emas. Ehtimol, u yana bir mavsum «Komo»da qolar.
O'tgan yozda «Komo» Ramonni «Real»dan ikki yarim million evro evaziga sotib olgan edi, biroq «qirollik» klubida futbolchini qayta sotib olish bo'yicha ustuvor huquq saqlanib qolgan.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Ramon 20 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280