"Real" Ramonning o'sishidan mamnun
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

Madridning "Real" klubi "Komo" markaziy himoyachisi Xakoba Ramonning o'yinini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" 21 yoshli iste'dodning o'sishidan mamnun va uni qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda. Ammo bu "Real" kelasi yozda Ramonni qaytarib sotib oladi degani emas.
O'tgan yozda "Komo" Ramonni "Real"dan ikki yarim million evroga sotib olgandi, ammo "qaymoqranglilar"da futbolchini sotib olish huquqi ustuvorligicha qoldi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Ramon 20 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277