"Liverpul"ning qimmatbaho yangi futbolchisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

Frantsiyaning "Renn" klubi himoyachisi Jeremi Jake Frantsiya chempionatining so'nggi turida "Lans"ga qarshi kechgan bahsda (1:3) jarohat oldi. Bu haqda Tribal Football jurnalistlari xabar bermoqda.
Jamoa ustozi Habib Beening so'zlariga ko'ra, futbolchining elkasi shikastlangan. Yaqinda Jeremi joriy mavsum yakunlangach, "Liverpul"ga o'tishi ma'lum bo'lgandi. Ingliz klubi himoyachining jarohati tafsilotlari haqida Frantsiyadan xabar kutmoqda.
Jakening transferi mersisaydliklarga 63 million evroga tushadi. Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Jeremi 19 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta sariq kartochka oldi va 1 marta maydondan chetlatildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268