"Real" yozgi asosiy transfer maqsadini belgilab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

"PSJ" yarimhimoyachisi Vitinyaga "Real" jiddiy qiziqish bildirishda davom etmoqda.
Jurnalist Xose Feliks Diasning yozishicha, portugaliyalik yozgi transfer oynasida Madrid klubining asosiy nishoniga aylangan. "Qaymoqranglilar" futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun bor kuchini ishga soladi.
Vitinya "PSJ"ga 2022 yilda "Portu"dan 41 million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Parij klubi safida barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Vitinyani 110 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272