"Real" "yangi Niko Uilyams" bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54

"Atletik"ning 13 yoshli tarbiyalanuvchisi Lourens Osayande Madridning "Real" klubiga o'tmoqda. AS nashrining xabar berishicha, umidli futbolchining oilasi yozda Ispaniya poytaxtiga ko'chib o'tadi.
Ta'kidlash kerakki, vunderkindni "Atletik" yulduzi Niko Uilyamsga qiyoslashadi. Oxirgi paytlarda Osayande "Santuhu" yoshlar jamoasida o'ynagan. Joriy mavsumning birinchi qismida u 12 ta gol urdi.
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida "qirollik klubi" 54 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. "Real" peshqadam Kataloniyaning "Barselona"sidan 4 ochko ortda qolmoqda. Keyingi turda "qaymoqranglilar" safarda "Valensiya" bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268