"Real" prezidenti Peres "Barselona" qaroridan g'azabda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451

Kataloniyaning "Barselona" klubi 7 fevral, shanba kuni Superligani tark etdi. Touchline akkaunti xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar"ning qarori "Real" prezidenti Florentino Peresning g'azabiga sabab bo'lgan.
"Qirollik klubi" rahbari kataloniyaliklar prezidenti Joan Laportaning bu harakatini xiyonat deb hisoblamoqda. "Barselona" loyihadan chiqqanidan so'ng, "Real" Superligani yaratish tarafdori bo'lgan yagona klub bo'lib qoldi.
Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida "ko'k-anorranglilar" 58 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. "Real" (54) ikkinchi o'rinda bormoqda, ammo bitta zaxira uchrashuvi bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271