Flik ketib qoladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiysiz qolish xavfi ostida. Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra germaniyalik murabbiy Xans-Diter Flik joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin.
Manbaning ta'kidlashicha, Joan Laporta "ko'k-anorranglilar" prezidenti lavozimida qolmasa, shunday bo'ladi. Saylov 15 martga belgilangan.
Nemis o'zini Laporta jamoasining bir qismi deb hisoblaydi va u qayta saylangan taqdirdagina ishni davom ettirishga rozi bo'ladi.
Xans-Diter 2024 yilning yozidan buyon Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasining muddati 2027 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272