Gvardiola: "Gexidan minnatdorman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 564

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Mark Gexiga minnatdorchilik bildirdi.
"Bizga qo'shilishga qaror qilgani uchun Mark Gexidan minnatdorman. U "Kristal Pelas"da qolishi, erkin agentga aylanishi va mavsum oxirida o'zi istagan klubga o'tishi mumkin edi", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Report.
Eslatib o'tamiz, Gexi qishki transfer oynasida "Kristal Pelas"ni "Manchester Siti"ga almashtirgan edi. Bitim qiymati taxminan 23 million evroni tashkil etdi. "Shaharliklar" safida himoyachi ikki o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271