Anchelotti Braziliya terma jamoasining JCh-2026ga borishi aniq bo'lgan 11 nafar futbolchisini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 435

Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti 11 nafar futbolchi bo'lajak 2026 yilgi jahon chempionati qaydnomasidan joy olishni kafolatlaganini ma'lum qildi.
ESPN xabariga ko'ra, ro'yxatdan quyidagi futbolchilar o'rin olgan: Alisson Beker, Markinos, Gabriel, Kazemiro, Bruno Gimaraes, Vinisius Junior, Estevao, Rafinya, Rodrigo, Gabriel Martinelli va Mateus Kunya.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. Mundial o'yinlariga AQSh, Kanada va Meksika terma jamoalari mezbonlik qiladi.
Turnirning amaldagi g'olibi finalda Frantsiyani mag'lub etgan Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264