Krishtianu Ronaldu Evropa klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu boykot e'lon qildi va jamoasining o'yinlarini o'tkazib yubormoqda. Shu munosabat bilan 41 yoshli markaziy hujumchi boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
ESPN xabariga ko'ra, portugaliyalik tajribali to'purar o'z vataniga qaytib, Lissabonning "Sporting" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Krishtianu faoliyatining boshida ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning "An-Nasr" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi. Portugaliyalik hujumchining transfer narxi 12 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270