Arbeloa Mastantuononi nima sababdan qadrlashini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 559

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa 18 yoshli yarim himoyachi Franko Mastantuononing o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Madridliklar safidagi debyut mavsumida argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 23 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
«Bu ulkan potentsialga ega yosh o'yinchi. U qanotda himoyachilarni aldab o'tishga va to'pni nazorat qilgan holda markazga ko'chishga qodir.
U o'z intensivligi bilan jamoa o'yiniga katta hissa qo'shmoqda. U o'z ustida ishlashda va takomillashishda davom etadi deb umid qilamiz. Kutilgan darajaga chiqish oson emas, chunki «Real»da talablar juda yuqori.
Biroq uning o'yinini ko'rganingizda, qanday ajoyib futbolchi ekanligini darhol tushunasiz. Men uning maydonda ko'rsatayotgan o'yinidan juda mamnunman», — dedi Arbeloa.

Bosh sahifaga
272