Frank Romeroni himoya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

«Tottenxem» bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa himoyachisi Kristian Romeroning navbatdagi qizil kartochkasi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Angliya chempionatining 25-turidan o'rin olgan bahsda «Tottenxem» safarda «Manchester Yunayted»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Romero «shporlar»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi, biroq 29-daqiqadayoq jamoasini bir kishi kam bo'lib qolishiga sabab bo'ldi.
«Uni sardor etib tayinlaganimdan aslo afsuslanmayman. U kiyinish xonasida jamoadoshlaridan uzr so'radi. Men uni «Tottenxem»ning eng muhim o'yinchilaridan biri deb hisoblayman», — deya Frankning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Hozirgi vaqtda «Tottenxem» Premer-liga turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi. London jamoasi hisobida 29 ochko mavjud.

Bosh sahifaga
272