Devid Bekxem shaxsan o'zi Ronaldu transferi ustida ishlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 500

Saudiyaning «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi «TCR» akkaunti xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 41 yoshli yulduz markaziy hujumchi atrofidagi vaziyatni Amerikaning «Inter Mayami» klubi kuzatib bormoqda. Ushbu klub sharafini argentinalik hujumchi Lionel Messi ham himoya qiladi. Yulduzlar faoliyatining so'nggi yillarida bir jamoada to'p surishlari istisno etilmayapti.
Ronalduni taklif qilishdan Amerika klubi xo'jayini Devid Bekxem shaxsan manfaatdor.
Portugaliyalik futbolchining «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. O'yinchining bozor qiymati 12 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275