«MYu» bilan o'yinda jarohat olgan Merino qachon operatsiya qilinishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 635

Angliya chempionati doirasidagi «Arsenal» va «MYu» o'rtasidagi uchrashuvda oyoq kaftidan jarohat olgan ispaniyalik futbolchi Mikel Merino 9 fevral kuni operatsiya qilinadi. Bu haqda «COPE» nashri xabar bermoqda.
Klub tomonidan futbolchining tiklanish muddatlari haqida hozircha aniq ma'lumot berilmadi, biroq uning mavsum yakunida mashg'ulotlarga qaytishi va Jahon chempionatida ishtirok eta olishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 29 yoshli markaziy yarim himoyachi Merino 33 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256