Fernandesh Kerrik haqida: "U ajoyib murabbiy bo'la olishini avvaldan bilardim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Maykl Kerrikning ishi haqidagi savolga javob berdi.
"Qizil iblislar" ingliz mutaxassisi qo'l ostida dastlabki to'rtta o'yinning barchasida g'alaba qozonishdi. Shanba kuni mankunianliklar o'z maydonlarida "Tottenxem"ni mag'lub etishdi (2:0).
"Kerrik bu qanday bo'lishini yaxshi biladi, chunki u futbolchi sifatida "Manchester Yunayted" bilan barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan. Maykl oldingi safar bizni shug'ullantirgan vaqtida, men unga ajoyib murabbiy bo'la olishini aytgandim. Hozir u buni isbotlamoqda", — deya jurnalist Fabritsio Romano Fernandeshning so'zlarini keltirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235