Vinisius va Bellingemsiz "Mestalya"ga safar: "Real Madrid"ning "Valensiya"ga qarshi taxminiy tarkibi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 472

Madridning "Real" klubi bugun La Liga doirasida safarda "Valensiya"ga qarshi bahs olib boradi.
Alvaro Arbeloa ushbu o'yinda Vinisius Junior (diskvalifikatsiya), Jud Bellingem (jarohat) va Rodrigo (jarohat) xizmatlaridan foydalana olmaydi. "Diario AS" nashrining taxmin qilishicha, hujum uchligini Braim Dias, Kilian Mbappe va Arda Gyuler tashkil etadi. Yarim himoyada esa Eduardo Kamavinga, Federiko Valverde va Orelen Tchuameni maydonga tushadi.
Himoyaning o'ng qanotini jarohatidan qutulgan Trent Aleksander-Arnold egallaydi. Shuningdek, mudofaa chizig'ida Raul Asensio, Din Xyoysen va Alvaro Karreras harakat qilishadi. Darvozani Tibo Kurtua qo'riqlaydi.
"Valensiya" — "Real" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
249