Serxio Ramosning keyingi manzili qaer bo'lishi aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

"Real"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Radio Marca" xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, "Sevilya" o'z tarbiyalanuvchisini qayta o'z safiga qo'shib olish variantidan voz kechgan. Endilikda ispaniyalik futbolchining transferi uchun asosiy da'vogar "Marsel" bo'lib turibdi.
Serxio Ramosning faoliyatidagi oxirgi klub Meksikaning "Monterrey" jamoasi edi va u ushbu klubni yanvar oyi boshida tark etdi. Hozirda 39 yoshli futbolchi erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281