«Navbahor» rossiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425

Himoyachi Mirkomil Lokaev va rossiyalik hujumkor yarim himoyachi Pavel Golishev “Navbahor” bilan shartnoma imzolashdi.
Mazkur futbolchilar borasida to'xtaladigan bo'lsak, Mirkomil Lokaev 1995 yil, 30 yanvarda tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida 2014 – 2019 yillarda Samarqandning “Dinamo” klubida o'ynagan.
Pavel Golishev esa 1987 yil, 7 iyulda Rossiya poytaxti Moskva shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Moskva” (Moskva, 2005-2009 yillar), “Spartak” (Moskva, 2010 yilning 1-davrasi), “Alaniya” (Vladikavkaz, 2010 yilning 2-davrasi), “Tom” (Tomsk, 2011, 2012-2015, 2016-2017 yillar), “Tosno” (Tosno, 2015 yilning 2-davrasi), “Krilya Sovetov” (Samara, 2017 yilning 2-davrasi), “Baltika” (Kaliningrad, 2018 yilning 1-davrasi), “Luch” (Vladivostok, 2018 yilning 2-davrasi), “Nijniy Novgorod” (Nijniy Novgorod, 2019 yil) klublarida to'p surgan.
Endi ushbu o'yinchilar joriy mavsumda “lochinlar” sharafini himoya qilishadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Bosh sahifaga
243