"Vulverxempton" vingeri "Palmeyras"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

"Vulverxempton"ning o'ng qanot vingeri Jon Arias Braziliyaning "Palmeyras" klubi a'zosiga aylandi. Transfer qiymati 25 million evroga baholanmoqda, futbolchi bilan esa 2029 yil yakuniga qadar shartnoma imzolandi.
Arias — 28 yoshli kolumbiyalik o'yinchi bo'lib, u "bo'rilar" safiga 2025 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Biroq u APL autsayderi tarkibida o'zini ko'rsata olmadi — 26 ta o'yinda maydonga tushib, bor-yo'g'i ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Transfermarkt" portali Ariasni 15 million evroga baholamoqda. APL klubiga o'tishdan avval u Braziliyaning boshqa bir mashhur jamoasi — "Fluminense" sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275