Fonseka "Lion" tarixida rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

Portugaliyalik mutaxassis Paulu Fonseka o'zining yangi klubi — "Lion"da o'z o'rnini topdi. U jamoa boshqaruvini qo'lga olganidan beri o'tkazilgan 51 ta o'yinning 34 tasida g'alaba qozondi. Bu har uchta o'yindan ikkitasi yoki roppa-rosa 66,6 foiz demakdir.
Bu klub butun tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir. Ikkinchi o'rinni 108 ta o'yinda 69 ta g'alaba qayd etgan Jerar Ule egallab turibdi (63,9%). Uchinchi o'rinda esa 55 ta o'yindan 35 tasida g'alabaga erishgan Alen Perren bor — 63,6 foiz.
Hozirda "Lion" Frantsiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Navbatdagi turda Paulu Fonseka shogirdlari o'z maydonlarida "Nitstsa"ni qabul qilishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280