"Maynts" futbolchisi Mbappeni ta'qib qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465

Germaniya chempionatida 21-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda. "Maynts" o'z uyida "Augsburg"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Qizig'i shundaki, ushbu uchrashuvdagi har ikkala gol penaltidan kiritildi va ikkala safar ham buni jamoaning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari Nadim Amiri amalga oshirdi.
Uning hisobida allaqachon to'qqizta gol mavjud, biroq ularning ettitasi 11 metrlik nuqtadan kiritilgan! Penaltidan urilgan gollar soni bo'yicha Amiri Evropada faqat bir futbolchidan ortda qolmoqda — Kilian Mbappe Madridning "Real" klubi safida penaltidan sakkizta gol urib ulgurgan. Hozirda "Maynts" Germaniya chempionati turnir jadvalida o'n to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277