"U eng yaxshi formasida bo'lsa — to'xtatib bo'lmas kuch": Rosenor Palmerning mahoratini e'tirof etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor 7 fevral kuni "Vulverxempton" darvozasiga xet-trik qayd etgan yarim himoyachi Koul Palmer haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz Palmerning jahon darajasidagi futbolchi ekanligini bilamiz. U o'zining eng yaxshi formasida bo'lganida, uni to'xtatishning iloji yo'q", — dedi Rosenor o'yindan so'ng.
Koul Palmer 2023 yilda "Manchester Siti"dan 47 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "ko'klar" safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270