Robert Levandovski "Barselona" tarixidagi eng yaxshi 15 to'purar qatoriga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

Ispaniya chempionatining 23-turida Kataloniyaning "Barselona" jamoasi "Malorka"ni yirik hisobda mag'lub etdi, polshalik hujumchi Robert Levandovski esa uchrashuvdagi ilk golni kiritdi. Ushbu gol Robert uchun "Barsa" safidagi barcha rasmiy o'yinlarni hisobga olganda 114-si bo'ldi va unga klub tarixidagi eng yaxshi 15 to'purar ro'yxatiga kirish imkonini berdi.
Hozirda Robert bu ko'rsatkich bo'yicha o'tgan asrning 40-50-yillarida jamoada porlagan Estanislao Basora bilan bir qatorda turibdi. Levandovskining navbatdagi maqsadi — "Barsa" uchun 117 ta gol urgan bolgariyalik Xristo Stoichkovni ortda qoldirish. To'purarlar ro'yxatini esa, shubhasiz, argentinalik hujumchi Lionel Messi boshqarib bormoqda — 672 ta gol.

Bosh sahifaga
222