Yurgen Klopp «Enfild»ga qaytmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70

«Liverpul» klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliyaga qaytmoqda. Bu haqda «Sky Sports» nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, germaniyalik mutaxassis «Enfild» stadionida bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasining 25-turi doirasidagi «Liverpul» va «Manchester Siti» o'rtasidagi uchrashuvga tashrif buyuradi. Uning bu qarori nima bilan bog'liqligi hozircha noma'lum.
Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha «Liverpul»ni boshqargan. «Qizillar» bilan birga murabbiy 8 ta sovrinni qo'lga kiritgan, ular orasida APL chempionligi va Chempionlar Ligasi g'olibligi ham bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207