APL. «Brentford» «Sent-Jeyms Park»da «Nyukasl» ustidan irodali g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

«Brentford» APLning 25-turi doirasida safarda «Nyukasl»ni mag'lub etdi — 3:2.
Mehmonlar safida gollarni 37-daqiqada Vitaliy Yanelt, 45+2-daqiqada penaltidan Igor Tiago va 85-daqiqada Dango Uattara kiritishdi. Mezbonlardan esa Sven Botman (24-daqiqa) hamda Bruno Gimaraynsh (79-daqiqa, penaltidan) o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Ushbu g'alabadan so'ng «Brentford» 39 ochko jamg'argan holda Angliya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi. «Nyukasl» esa 33 ochko bilan 12-pog'onada qoldi.
Angliya Premer-ligasi. 25-tur
«N'YuKASL YuNAYTED» – «BRENTFORD» — 2:3
Gollar: Botman 24' (1:0), Yanelt 37' (1:1), Tiago 45' pen. (1:2), Gimaraynsh 79' pen. (2:2), Uattara 85' (2:3).
«Nyukasl Yunayted»: Poup, Xoll, Botman, Tshau, Tripper, Tonali, Gimaraynsh, Uillok (Elanga, 46), Barns, Vissa (Osula, 65), Merfi (Voltemade, 46).
«Brentford»: Kellexer, Xenri, van der Berg, Ayer, Kayode (Xiki, 88), Yanelt, Xenderson (Yarmolyuk, 56), Lyuis-Potter (Donovan, 80), Yensen (Damsgor, 87), Uattara, Tiago.
Bosh hakam: Medli (Angliya).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
212