Barchasi endi Mbappening bo'ynida...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

Madridning «Real» klubi «Valensiya»ga qarshi muhim o'yin oldidan bir qator asosiy futbolchilaridan ayrildi.
La Liganing 23-turi doirasidagi yakshanba kungi bahsni diskvalifikatsiya qilingan Vinisius Junior, shuningdek, jarohat olgan Juj Bellingem va Rodrigo o'tkazib yuboradi. «Madrid Universal» nashrining ma'lumotlariga ko'ra, bu Kilian Mbappe «qaymoqranglilar» safida yuqorida qayd etilgan uch nafar o'yinchisiz maydonga tushadigan ilk holatdir. Bungacha frantsiyalik hujumchiga har doim ulardan kamida bittasi hamrohlik qilib kelayotgan edi.
Mbappe 2024 yilning yozida erkin agent sifatida «PSJ»dan «Real»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi 30 ta o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
209