Bakka «Atlanta Yunayted» futbolchisiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

"Atlanta Yunayted" "Vilyarreal" hujumchisi Karlos Bakkaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Marca.
MLS klubi jarohatlangan Jozef Martinesning o'rnini to'ldirmoqchi va doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan kolumbiyalik hujumchini sotib olmoqchi.
Bakkining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil iyuniga qadar amal qiladi.
Ma'lumot o'rnida, Bakka 2018-yildan beri "Vilyarreal" a'zosi bo'lib, "Milan"dan 7 mln evro evaziga ko'chib o'tgan.
Ushbu mavsumda 33 yoshli futbolchi La Ligada 16 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urgan.
Manba: MarcaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244