«Malorka» ustozi Flikning taktik yurishlari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

«Malorka» bosh murabbiyi Yagoba Arrasate «Barselona» o'yinidagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.
«Ko'k-anorranglilar» o'z maydonida Robert Levandovski, Lamin Yamal va Mark Bernalning gollari evaziga g'alaba qozonishdi.
«Bugun «Barsa» boshqacha o'ynadi. Odatda ularda ikkita tayanch yarim himoyachisi bo'lardi, ammo bu safar Kasado yagona tayanch o'yinchisi bo'ldi, Fermin va Olmo esa yuqoriroqqa ko'tarildi. Agar Pedri maydonda bo'lganida ular qanday o'ynashgan bo'lardi, bilmayman, lekin, ehtimol, boshqacharoq harakat qilishardi», – dedi Arrasate matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212