Dyokeresh Brunu, Entso va Virtsni ortda qoldirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

Shanba kuni Viktor Dyokeresh «Arsenal»ning «Sanderlend»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobida yakunlangan o'yini qahramoniga aylandi va dubl qayd etdi.
Shvetsiyalik hujumchi 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan bo'lsa-da, «qora mushuklar» darvozasini ikki bor ishg'ol qilishga ulgurdi. Squawka nashrining xabariga ko'ra, «to'pchilar» futbolchisining 2026 yil boshidan buyon barcha musobaqalardagi samaradorlik ko'rsatkichi 8 taga (6 ta gol va 2 ta assist) etdi — bu ko'rsatilgan davr mobaynida Premer-liganing barcha vakillari orasidagi eng yaxshi natijadir. Ikkinchi o'rinni «Manchester Yunayted»dan Brunu Fernandesh, «Liverpul»dan Florian Virts va «Chelsi»dan Entso Fernandes bo'lishib turibdi — ularning hisobida 7 tadan ochko mavjud.
Viktor Dyokeresh «Arsenal»dagi debyut mavsumini o'tkazmoqda. O'tgan yilning yozida London grandi hujumchini Lissabonning «Sporting» klubidan sotib olgan edi.

Bosh sahifaga
207