«Inter» «Roma» sardorini bepul qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

«Inter» klubi «Roma» yarim himoyachisi Lorentso Pellegrinining transferiga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Oratsio Akkomandoning ma'lumotlariga ko'ra, Milan klubi futbolchining «bo'rilar» bilan shartnomasi yakunlanadigan shu yilning yozida uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi. «Inter» transferlar uchun mablag' tejash maqsadida kelishuvni bepul amalga oshirishni, shu bilan birga markaziy chiziqni kuchaytirishni istamoqda.
Lorentso Pellegrini 2017 yilda «Sassuolo»dan 10 million evro evaziga «Roma»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Rim klubi safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210