Flik Bernalni maqtadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 701

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik shogirdlarining "Malorka" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. La Liganing 23-turidan o'rin olgan uchrashuv 3:0 hisobida kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi.
"Ayniqsa, Bernal uchun "Barselona"dagi ilk golini urish juda yoqimli bo'ldi. U jarohatdan so'ng qadamma-qadam safga qaytdi, bugun u uchun ajoyib kun bo'ldi", — deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
"Birinchi bo'limda biz juda sekin harakat qildik, o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Ikkinchi bo'lim esa ancha yaxshi o'tdi. 3 ochko jamg'ardik, 3 ta gol urdik va gol o'tkazib yubormadik — bu juda ijobiy tur bo'ldi", — deya qo'shimcha qildi Flik.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223