Liga 1. "Lans" yana peshqadamga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

Frantsiya Liga 1 musobaqasining 21-turidan o'rin olgan bahsda "Lans" o'z maydonida "Renn" jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Mezbonlar tarkibida gollarni 41-daqiqada Odsonn Eduard, 54-daqiqada Ruben Agilar va jamoaning yangi a'zosi Allan Sent-Maksimen (78-daqiqa) kiritishdi. Mehmonlarning yagona goliga 8-daqiqada Esteban Lepol mualliflik qildi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Lans" o'z ochkolarini 49 taga etkazib, Frantsiya chempionati turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Renn" esa 31 ochko bilan oltinchi pog'onani egallab turibdi.
Frantsiya chempionati. Liga 1. 21-tur
«LANS» – «RENN» — 3:1
Gollar: Lepol 8' (0:1), Eduar 41' (1:1), Agilar 54' (2:1), Sen-Maksimen 78' (3:1).
«Lans»: Risser, Baydu (Antonio, 60), Sarr, Ganyu, Sangare (Sotoka, 89), Tomasson, Yudol, Agilar, Toven (Aydara, 78), Said (Abdulhamid, 61), Eduar (Sen-Maksimen, 61).
«Renn»: Silistri, Jake (Nadiga, 69), Ruo (Brasse, 64), Ait Budlal (Seydu, 29), Shimanski (Merlen, 64), Ronje, Kamara, Al-Taamari, Norden (Blas, 64), Embolo, Lepol.
Ogohlantirishlar: Agilar (32), Tomasson (36), Sangare (45) — Embolo (45), Norden (61).
Chetlatish: Agilar (56, ikkinchi sariq).

Bosh sahifaga
228